Yandex Metrika

Biz IT-park rezidentiga aylandik!

Share post:
Biz IT-park rezidentiga aylandik!

TEZPAY kompaniyasi IT-park rezidenti sertifikatini oldi. Ushbu sertifikat orqali bizning kompaniyamizning IT sohasida xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan barcha malakalarga ega ekanligini anglatadi va zamonaviy axborot texnologiyalari bilan loyihalar olib borishni bildiradi.

Texnoparkning asosiy vazifalaridan biri mamlakatimizda IT-kompaniyalarni rivojlantirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularni ichki va tashqi bozorda ilgari surish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bois texnopark rezidentlariga yangi tashkil etilayotgan va yangi ish boshlagan kompaniyalar, shuningdek, IT sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan va O‘zbekiston chegarasidan tashqariga kengayish maqsadida bo‘lgan tashkilotlarni rivojlantirish uchun keng imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilmoqda.

Biz samarali hamkorlik va birgalikda ko'plab muvaffaqiyatli loyihalarga umid qilamiz!


Kategoriya: Tashkilot yangiliklari

Teglar: IT-park