📌 Muhim yangilik: endilikda vizasiz rejim amal qiladigan davlatlar, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish qoidalari o‘zgaradi, ya’ni 30-iyundan boshlab maxsus ilova RuIDdan ro‘yxatdan o‘tish majburiy bo‘ladi. Bu Rossiyada yashash va ishlashni osonlashtiradi. Shu bilan birga, chegaradan o‘tish jarayonida QR-kod talab qilinganda kerak bo‘ladi.
QR-kodni qanday olish mumkin?
1️⃣ "Gosuslugi RuID" ilovasi orqali onlayn ariza yuboriladi.
• Ariza eng kamida 72 soat oldin yuborilishi shart.
• Agar shoshilinch holat bo‘lsa (masalan, kasallik yoki yaqin qarindosh vafot etgan bo‘lsa) — 4 soat qolganida ham mumkin.
2️⃣ Tekshiruvdan so‘ng sizga QR-kod beriladi, siz esa uni chegara orqali o‘tayotganingizda ko‘rsatishingiz kerak bo‘ladi.
• Kod 90 kun amal qiladi. Agar shu muddat ichida Rossiyaga kirmasangiz, qayta olish kerak bo‘ladi.
• Kirishda biometrik ma’lumot olinadi (surat va barmoq izlari).
Bu qoida vizasiz davlatlar fuqarolariga taalluqli, jumladan: O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston.
Shuningdek, RuID ilovasi elektron hujjat bo‘lib, unda quyidagi ma’lumotlar mavjud:
- biometrik ma’lumotlar (surat va barmoq izlari),
- ishlash ruxsatnomasi,
- yashash muddati,
- ro‘yxatdan o‘tish manzili va boshqa ma’lumotlar.
Post sizga foydali bo‘lgan bo‘lsa, yaqinlaringizga ulashing ✈️