Pul o‘tkazmalari va do‘stlar taklifi uchun bonus keshbeklar

17:07 24.08.2024

Pul o‘tkazmalari va do‘stlar taklifi uchun bonus keshbeklar

TezPay ilovasi sizga eng qulay tarzda Rossiyadan O‘zbekistonga pul yuborish va to'lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Ilova orqali siz Rossiyaning istalgan joyidan eng zo'r kursda O‘zbekiston Humo va Uzcard kartalariga pul o‘tkazishingiz yoki O'zbekistonda mavjud paynet to'lovlari, mobil aloqa va internet provayder to'lovlari, kommunal to'lovlar va bank kreditini so'ndirish to'lovlarini amalga oshirishingiz mumkin.

Endilikda TezPay ilovasida har bir amalga oshirgan pul o‘tkazmasi yoki do‘stlaringizni ilovaga taklif qilganingiz uchun bonus keshbeklarga ega bo‘lish imkoniyati yaratildi. Keshbeklar ikki xil usulda taqdim etiladi:

  • Har bir pul o‘tkazmasi uchun sizning keshbek balansingizga 0,1% qo‘shimcha bonus keshbeklar tushiriladi.
  • Agar siz do‘stlaringizni taklif qilsangiz, sizga ham, do‘stingizga ham avtomatik ravishda 10 rubl miqdorda keshbek pullari keshbek balansingizga qo'shiladi.

Do‘stingizni taklif qilish juda oddiy: ilovaning keshbek bo‘limiga kirib, o'z promokodingizni do‘stingizga yuboring. Agar do‘stingiz ushbu promokod orqali ilovada birinchi marta ro‘yxatdan o‘tsa, siz ham, do‘stingiz ham 10 rubl keshbekga ega bo‘lasiz. O'z promokodingizni ko'pchilikka targ'ib qilishni istasangiz ilovaning keshbek bo'limidan o'z promokodingizni ham o'zgartirishingiz va o'zingizga qulay so'zni belgilashingiz mumkin. Promokodni o'zgartirishga faqat bir marta ruxsat beriladi.

Keshbek balansda yig'ilgan pullarni Rossiyaning MIR, Visa, Master va Maestro kartalaringa, yoki O'zbekistonning UzCard va Humo kartalariga yechib olishingiz mumkin. Keshbek balansidan pul mablag'larini yechishning minimal miqdori - 500 rubl.


TezPay – yaqinlaringizga quvontiring va keshbek oling!

TezPay - Qulay va Tezkor pul o‘tkazish uchun ilova

Ilovani o‘rnatib pul o‘tkazmalari va to‘lovlarni eng qulay kurslarda amalga oshiring.

TezPay - Qulay va Tezkor pul o‘tkazish uchun ilova