TezPay pul o‘tkazmalari ilovasi Aksiyadorlik Jamiyati (AJ) maqomini oldi va biz bu yangilikni siz bilan baham ko‘rganimizdan mamnunmiz!
Bu o‘zgarish TezPay ilovasida, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari va onlayn to‘lov xizmatlarini yanada rivojlantirish va mijozlarga ko‘plab qulayliklar, shuningdek to‘lovlar bo‘yicha yangi imkoniyatlar taqdim etish uchun muhim qadam hisoblanadi.
Hozirgi kunda TezPay ilovasi orqali foydalanuvchilar, Rossiyadan O‘zbekistonga Uzcard va HUMO kartalariga pul o‘tkazmalarini tez va arzon hamda yaxshi kurslarda amalga oshirib kelishmoqda. Undan tashqari foydalanuvchilar kommunal to‘lovlar, mobil telefon balanslarini to‘ldirish, internet provayderlari uchun to‘lovlar va Rossiyadan turib kredit to‘lash imkoniyatlari, shuningdek onlayn avia chiptalarni xarid qilishlari mumkin.
TezPay ilovasi orqali Rossiyadan O‘zbekistonga onlayn pul o‘tkazmalarini va to‘lovlarni yaxshi kurslarda amalga oshirib, ilovamizdan foydalanishda davom eting. Birgalikda yanada yuksak marralarga erishamiz!
Hurmat bilan TezPay jamoasi.