SIM-kartangiz o‘chirilishi mumkin !

17:08 12.07.2025

SIM-kartangiz o‘chirilishi mumkin !

Agar sizda SIM-karta bo‘lsa, ammo hali biometrik ma’lumotlarni topshirmagan bo‘lsangiz, telefon aloqasi cheklanishi mumkin.

⚠️ 1-iyuldan boshlab Rossiyada biometrik ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazmagan xorijiy fuqarolarning mobil raqamlari bosqichma-bosqich o‘chirilmoqda.

📌 2025-yil boshidan Rossiyada SIM-karta rasmiylashtirish uchun Yagona biometrik tizim (YEBS) orqali ro‘yxatdan o‘tish shart qilinadi. Bir shaxs nomiga ko‘pi bilan 10 ta raqam rasmiylashtirilishi mumkin.

Hozirgacha 2 milliondan ortiq chet el fuqarolari biometrik ro‘yxatdan o‘tgan va yangi tartib asosida SIM-karta olgan. Agar siz hali buni qilmagan bo‘lsangiz, aloqangizda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin:

  • 3 oydan beri faol bo‘lmagan raqamlar darhol o‘chiriladi.
  • Faol raqamlar esa bosqichma-bosqich to‘xtatiladi: dastlab xalqaro qo‘ng‘iroqlar o‘chiriladi, internet sekinlashadi, 30 kundan so‘ng esa aloqa butunlay to‘xtaydi.

📍Agar siz Rossiya hududida bo‘lsangiz, shartnomani qayta rasmiylashtirish tartibi:

  1. «Госуслуги» sayti yoki ilovasidagi «SIM-kartalar» bo‘limi orqali nomingizda nechta raqam borligini tekshiring.

  2. Ortiqcha raqamlarni yoping — jami 10 tadan oshmasligi kerak.

  3. Pasport bilan aloqa markaziga boring va YEBS orqali shaxsingizni biometrik yo‘l bilan tasdiqlang.

Agar siz yaqin orada Rossiyaga bormoqchi bo‘lsangiz, RuID ilovasi orqali oldindan biometrik ma’lumotlarni yuborishingiz mumkin.

Post sizga foydali bo‘lgan bo‘lsa yaqinlaringizga ulashing ✈️

TezPay - Qulay va Tezkor pul o‘tkazish uchun ilova

Ilovani o‘rnatib pul o‘tkazmalari va to‘lovlarni eng qulay kurslarda amalga oshiring.

TezPay - Qulay va Tezkor pul o‘tkazish uchun ilova