Firibgarlardan ehtiyot bo'ling!

17:08 30.03.2024

Firibgarlardan ehtiyot bo'ling!

Firibgarlardan ehtiyot bo'ling! Hushyor bo'ling va firibgarlar sizning pulingizni o'g'irlashiga yo'l qo'ymang! So'nggi paytlarda tajovuzkorlar sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz va hisoblaringizga kirishga harakat qilib firibgarlik qilish holatlari tez-tez uchramoqda.

Ularning qo'lidan:

Sizga taniqli banklar yoki tashkilotlarning saytlariga oʻxshagan fishing saytlariga havolalar bilan SMS xabarlar yuborishadi. Sizga qo'ng'iroq qilishadi va o'zini bank yoki xavfsizlik xizmatidan ko'rsatishadi. Hisob raqamingiz, PIN-kod, CVV-kod yoki SMS-kod kabi shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etishingizni soʻrashadi.

Bularni hech qachon hech kimga aytmang:

Bankingizni SMS kodi. Onlayn bank xizmatlari uchun parollar. Kartangiz PIN kodlarini. CVV kodlarini (kartalaringiz orqasidagi). Telefoningzga kelgan tasdiqlovchi SMS kodni

Agar Siz:

Noma'lum raqamdan SMS xabar olsangiz, undagi havolalarni bosmang. Ular qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini bank xodimi deb tanishtiradilar, ularga ishonmang va Keyinroq qo'ng'iroq qilishni so'rang va telefon raqamini rasmiy manbalardan tekshiring. Ular "xavfsiz hisob" ga pul o'tkazishni taklif qilishadi, hech qanday holatda buni qilmang.

Shubha tug'ilganda:

Kartangizdagi raqam orqali bankingizga qo‘ng‘iroq qiling. Rasmiy ilova yoki veb-sayt orqali bankingizning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Karta ma'lumotlaringizni kimdir bilan baham ko'rgan bo'lsangiz, kartangizni bloklang. Ehtiyot bo'ling va firibgarlarga imkoniyat bermang!

Qo'shimcha:

Noma'lum manbalardan ilovalarni o'rnatmang. Telefoningizning operatsion tizimi va antivirus dasturini yangilab turing. Ijtimoiy tarmoqlarda qanday maʼlumotlarni joylashtirayotganingizni nazorat qilib boring va xushyor bo’ling.

Esingizda bo'lsin: firibgarlar doimo yangi aldash sxemalarini o'ylab topadilar. Hushyor bo'ling va ehtiyot bo'ling!

Hurmat bilan, TezPay jamoasi!

TezPay - Qulay va Tezkor pul o‘tkazish uchun ilova

Ilovani o‘rnatib pul o‘tkazmalari va to‘lovlarni eng qulay kurslarda amalga oshiring.

TezPay - Qulay va Tezkor pul o‘tkazish uchun ilova